Termiz shahri aholisi va mehmonlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida” 2023-yil 20-apreldagi qarori va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprelga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatga olib, 2023-yilning 21-aprel kuni Termiz shahrida 3 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda.
Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoitlarni yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 21 aprel soat 04:00 dan 7:30 gacha Termiz shahrida Hayit namozi o‘qiladigan masjidlar atrofidagi quyidagi ko‘chalarda transport vositalari qatnovi vaqtincha cheklanadi:
⛔️ “Al Hakim At-Termiziy” jome’ masjidi atrofidagi tutash ko‘chalarda jumladan, “Ibn Sino”, “Chorshanbi Soatov”, “Istiqlol” ko‘chalarida;
⛔️ “Murch bobo” jome’ masjidi yo‘nalishidagi “Iso Termiziy” ko‘chasida;
⛔️ “Manguzar” jome’ masjidi atrofidagi “I.Karimov” ko‘chasi va unga tutashgan ichki yo‘llarda ham qatnov transport vositalari va temir panjaralar yordamida vaqtincha cheklanadi.
Hayit namozi tugagandan so‘ng, barcha yo‘nalishlarda transport qatnovi davom ettiriladi.