11 Fevral 2022 yil 740

Termiz shahridan subsidiya asosida uy-joy olib berishni va'da qilgan ayolga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Termiz shahrida 2022 yil 3 fevral kuni shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limining xabariga ko'ra, Qiziriq tumanida yashovchi, S.Malohatning (ism shariflar o'zgartirilgan) arizasiga asosan, 2022 yil 17 yanvar kunida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Termiz shahrida yashovchi K.Salomat S.Malohatga shahar hududidan subsidiya shaklida uy-joy olib berishni va'da qilib, uning nomidan soxta ish haqini tayyorlash bilan bog'liq hamda boshqa harajatlar evaziga undan jami 20.000.000 (yigirma million) so'm miqdorida pul mablag'lari berishni talab qilib, ushbu pullarni jinoiy sherigi Termiz shahrida yashovchi, B.Barno orqali shu kuni soat 18:00 larda 14.500.000 (o'n to'rt million besh yuz ming) so'mini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo'lga olingan. 3 fevral kuni K.Salomatga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi va 211-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech