29 Iyul 2021 yil 469

Termiz shahridagi bozorda gazli suv quyish aparatini o'g'irlagan shaxs qo'lga olindi

Termiz shahrida 2021 yil 23 iyul kuni, shaharning "Bog'ishamol" mahallasida yashovchi, A.Maxfirat shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 27 iyun kuni soat 18.30 larda, shaharning "Kattabog'" mahallasida joylashgan "yashil dunyo" bozori hududidan 14.000.000 (o'n to'rt million) so'mlik 1 dona turli xildagi gazli suv mahsulotlarini sotish uchun mo'ljallangan aparatini noma'lum shaxs tomonidan o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini shaharning "Temiryo'lchi" mahallasida yashovchi, A.Murodullo sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 23 iyul kuni A.Murodulloga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech