6 Aprel 2022 yil 416

Termiz shahrida, yo‘lovchi yonidan giyohandlik vositasi borligi aniqlandi

Termiz tumanida 2022 yil 18 mart kuni soat 03:30 larda, viloyat Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning “Qahramon” mahallasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, E.Boboqulning (ism shariflar o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi Jentra rusumli, avtoulovining orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan, Sho‘rchi tumanida yashovchi, T.Rustamning yonida, 0.66 gr “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan. 26 mart kuni T.Rustamga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech