15 Noyabr 2021 yil
509
Termiz shahrida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish aktsiyasi davom etmoqda
Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Termiz shahar IIBda ham daraxt ko'chatlarini ekish aktsiyasi davom ettirilmoqda.
Tizimda amalga oshirilayotgan "Yashil makon" loyhasi asosida Termiz shahar IIB ma'muriy binosi hududi hamda xodimlarning yashash xonadonlari, xizmat uylariga mevali va manzarali ko'chatlar ekildi. Shu bilan birga ushbu loyiha asosida xizmatlar bilan kunlik ko'chat ekish ishlari rejalashtirib olingan.
Shahar ichki ishlar bo'limi xodimlari "daraxt ekish bo'yicha dolzarb 40 kunlik" aktsiyasida faol ishtirok etib, hududlarni yashil makonga aylantirishda tashabbus ko'rsatmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati