30 Noyabr 2021 yil 429

Termiz shahrida xonadon o'g'risi qo'lga olindi

Termiz shahrida 2021 yil 26 oktabr kuni shaharning "A.Jomiy" mahallasida yashovchi, R.Robiya (ism shariflar o'zgartirilgan) IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 03:00 larda, yashash uyidan narxi 400.000 (to'rt yuz ming) so'mlik erkaklar kiyimi, 100 (bir yuz) AQSh dollari, 400.000 (to'rt yuz ming) so'm pullarini, 1-dona narxi 500.000 (besh yuz ming) so'mlik "Nokia-150" rusumli telefon apparati va 1 dona narxi 1.500.000 (bir million besh yuz ming) so'mlik "Vivo E-12" rusumli telefon apparatlarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Termiz shahrida vaqtincha yashovchi, L.Lovrov sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalillar olingan. 6 noyabr kuni L.Lovrovga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech