2 Yanvar 2022 yil 412

Termiz shahrida xonadon o'g'rilari qo'lga olindi

Termiz shahrida 2021 yil 5 dekabr kuni shaharning "shifokor" mahallasida yashovchi, D.Dehqonboy (ism shariflar o'zgartirilgan) shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 22:00 larda, yashash uyi omborxonasidan narxi 1.000.000 (bir million) so'mlik 1 dona "Ressenta" nomli svarka apparati va narxi 1.000.000 (bir million) so'mlik 1 dona "BOSH" nomli balgarkalarini nomalum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Termiz shahrida yashovchilar T.Mardon va A.Hamrolar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 15 dekabr kuni T.Mardon va A.Hamrolarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v,g" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech