Termiz shahrida, velosipedlar o'g'risi qo'lga olindi
2022 yil 3 fevral kuni Termiz shahrining "Navro'z" mahallasida yashovchi, T.Tolib (ism shariflar o'zgartirilgan) va "Jayxun" mahallasida yashovchi, L.Barotlar shahar IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda 29 yanvar kuni soat 19.00 larda, shahar hududida joylashgan jome masjidi oldida turgan narxi 3.000.000 (uch million) so'mlik "Stonis" rusumli velosipedin va 3 fevral kuni soat 13:00 larda, shu joydan L.Barotga tegishli narxi 800.000 (sakkiz yuz ming) so'mlik "Skorsnoy" rusumli velosipedlarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni Qiziriq tumanida yashovchi, M.Mansur sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 8 fevral kuni M.Mansurga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati