16 Noyabr 2021 yil 416

Termiz shahrida velosiped o'g'risi aniqlandi

Termiz shahrida 2021 yil 21 oktabr kuni shaharning "Jayhun" mahallasida yashovchi, T.Salim (ism shariflar o'zgartirilgan) va Qumqo'rg'on tumani "Islom obod" mahallasida yashovchi, O.Oriflar IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda T.Salimning yashash uyi pod'ezdidan narxi 1.300.000 (bir million uch yuz ming) so'mlik "Merida" rusumli velosipedini va O.Orifning "Jayhun" mahallasidagi uyning pod'ezdidan narxi 1.100.000 (bir million bir yuz ming) so'mlik "Ural" rusumli velosipedlarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilishgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Termiz shahrida yashovchi, O.Baxodir sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 1 noyabr kuni O.Baxodirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech