21 Dekabr 2021 yil 453

Termiz shahrida uyushgan giyohfurushlar qo'lga olindi

Termiz shahrida 2021 yil 15 noyabr kuni soat 23:00 larda, Termiz shahar "Bo'ston" mahallasi hududida, shaharning "Bog'ishamol" mahallasida yashovchi, S.Samad (ism shariflar o'zgartirilgan), ushbu hududda xizmat olib borayotgan viloyat IIB PPXB xodimlari tomonidan tekshirilganida, uning yonidan 1 dona gugurt qutisiga qadoqlangan, sof vazni 3.55 gramm "marixuana" giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan. Surishtiruv davomida S.Samad ushbu moddani tanishi, shaharning "ma'rifat" mahallasida yashovchi, D.Damindan 300.000 (uch yuz ming) so'mga sotib olganligi aniqlanib, tadbir davomida, D.Damin 17 noyabr kuni soat 12:00 larda, shaharning "Bog'zor" mahallasi hududida, S.Samadga bir bo'lak, sof vazni 0.40 gramm "gashish" giyohvandlik vositasini tadbirda foydalanilgan pullar evaziga sotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. D.Damin ushbu giyohvandlik vositasini shaharning "Majnuntol" mahallasida yashovchi, V.Vohiddan S.Samadga sotish uchun 250.000 (ikki yuz ellik ming) so'mga sotib olganligi aniqlangan. Tezkor tadbir davomida, D.Damin shaharning "Majnuntol" mahallasida yashovchi, G.Guloyimdan 18 noyabr kuni soat 13:00 larda, yashash uyi oldida, D.Daminga bir bo'lak, sof vazni 0.78 gramm "gashish" giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida ushlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Shundan so'ng G.Guloyimning yashash uyi ko'zdan kechirilganida, 11 dona tselofan paketda qadoqlangan 15.30 gramm "gashish" giyohvandlik vositasi va 1 dona tselofan bo'lagiga qadoqlangan sof vazni 0.72 gramm "opiy" giyohvandlik vositasi hamda 1 dona qog'oz bo'lagiga qadoqlangan sof vazni 0.21 gramm "marixuana" giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan va hujjatlashtirib olingan. 19 noyabr kuni S.Samad, D.Damin, V.Vohid va G.Guloyimlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech