Termiz shahrida, uy olib berishni va boshqa va'dalarni qilgan firibgarga jinoyat ishi ochildi
Termiz shahrida 2021 yil 16 dekabr kuni, shahar IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, shaharning "Yulduz" mahallasida yashovchi, T.Sarvar (ism shariflar o'zgartirilgan) shahar IIBga yozgan arizasida, 2018 yildan 2020 yil oktabr oyiga qadar o'ziga tanish bo'lgan, shaharning "Jayxun" mahallasida yashovchi, A.Dilshod ishonchiga kirib, shahar hududida qurilayotgan ko'p qavatli uylardan olib berishni hamda qolgan pullarni saqlab turishlikni va'da qilib, yashash xonadoni hamda shahardagi turli banklar orqali Rossiya Federasiyasidan yuborilgan jami 80.000 (sakson ming) AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo'lga kiritib, o'zining shaxsiy ehtiyojiga sarflab yuborganligini ma'lum qilgan. 16 dekabr kuni A.Dilshodga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati