22 Noyabr 2021 yil
789
Termiz shahrida telefon o'g'risi aniqlandi
Termiz shahrida 2021 yil 27 oktabr kuni, shaharning "Farxod" mahallasida yashovchi, S.Salomat (ism shariflar o'zgartirilgan) shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda yashash uyidan 24 oktabr kuni soat 20:00 larda, 2.000.000 (ikki million) so'mlik "RedMi-8" rusumli telefoni noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'irlik jinoyatini, Termiz tumanida yashovchi, T.Tamanno o'g'irlab ketganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 4 noyabr kuni T.Tamannoga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati