4 Yanvar 2022 yil 418

Termiz shahrida talonchilik qilgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Termiz shahrida 2021 yil 15 dekabr kuni shaharning "Bog'ishamol" mahallasida yashovchi, N.Fayzulla (ism shariflar o'zgartirilgan) shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 14 dekabr kuni soat 17:30 larda, tanishi shaharning "Shifokor" mahallasida yashovchi, A.Bahromni yashash uyi yonida turgan vaqtida, shaharning "Shifokor" mahallasida yashovchi, N.Salim kelib o'zaro janjal sababli qo'li bilan duch kelgan joylariga urib, N.Fayzullaga tegishli narxi 150.000 (bir yuz ellik ming) so'mlik 5 gramm bo'lgan kumush uzugini olib, voqea joyidan qochib ketganligini bildirgan. 18 dekabr kuni N.Salimga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech