Termiz shahrida talonchilik qilgan shaxs qo'lga olindi
Termiz shahrida 2021 yil 29 oktabr kuni, Sariosiyo tumani "Kelajak sari" mahallasida yashovchi, R.Sabohat (ism shariflar o'zgartirilgan) shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 20:30 larda, Termiz shahridagi avtomobillarni yuvish shahobchasi yonida, 2.000.000 (ikki million) so'mlik "RedMi-7" rusumli telefoni noma'lum shaxs tomonidan olib qochib ketilganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Angor tumanida yashovchi, S.Sarvar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 4 noyabr kuni S.Sarvarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qism bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati