1 Mart 2022 yil 443

Termiz shahrida, Spark yo'lovchisi o'g'irlik qildi

2022 yil 15 fevral kuni, Termiz shahrida yashovchi, D.Kamola (ism shariflar o'zgartirilgan) viloyat IIB "102" xizmatiga qilgan murojaatida, 15 fevral kuni soat 14:30 larda, turmush o'rtog'i, F.Xurramga tegishli bo'lgan Spark rusumli, avtoulovining orqa o'rindig'ida turgan 200.000 (ikki yuz ming) so'mlik so'mkasi, ichida bo'lgan jami 7.750.000 (yetti million yetti yuz ellik ming) so'mlik 2 dona tillo taqinchoqlari va 300.000 (uch yuz ming) so'm pulini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni Spark rusumli, avtouloviga yo'lovchi sifatida o'tirgan, Sariosiyo tumanida yashovchi, U.Sanobarxon sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 17 fevral kuni U.Sanobarxonga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech