7 Noyabr 2021 yil
409
Termiz shahrida shovqin solgan shaxsning yonidan giyohvand vositalari topildi
Termiz shahrida 2021 yil 19 oktabr kuni soat 02:40 larda, shaharning "Pattakesar" mahallasida yashovchi, N.Gulmat (ism sharif o'zgartirilgan) shaharning "Ma'rifat" mahallasida joylashgan maktab yonida mast holda ko'chada shovqin qilib yurganligi sababli tungi xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tekshirilganda, uning yonidan sof vazni 11,12 gramm bo'lgan "gashish" giyohvandlik vositasi hamda "nasha" o'simligining urug'lari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 20 oktabr kuni N.Gulmatga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi "a,b" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati