25 Avgust 2021 yil 497

Termiz shahrida qo'shmachining qing'ir ishi fosh etildi

Termiz shahrida 2021 yil 9 avgust kuni soat 17.00 da, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Angor tumani "Novshahar" mahallasida yashovchi fuqaroning arizasiga asosan, Termiz shahridagi "Bog'zor" mahallasi hududida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, shaharning "Jo'yijangal" mahallasida yashovchi, M.Jamola, o'ziga oldindan tanish bo'lgan, Termiz tumanida yashovchi, o.Hanifaning so'zlariga ko'ra, moddiy manfaatdorlik evaziga Termiz shahrida yashovchi, N.Zebini fuqaro M.Halimga Denov tumanidagi "Sangardak" dam olish maskanida dam olish va o'zining jinsiy ehtiyojini qondirishi uchun berib yuborishga olib kelib, qo'shmachilik qilib, o.Hanifadan maxsus ishlov berilgan 500.000 (besh yuz ming) so'm pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 11 avgust kuni M.Jamolaga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech