5 Sentyabr 2021 yil
542
Termiz shahrida qo'shmachining qilmishi fosh etildi
Termiz shahrida 2021 yil 22 avgust kuni soat 20.00 larda, viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi va shahar IIB Jinoyat qidiruv bo'limi hamda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, shaharning "Manguzar" mahallasida yashovchi, I.Gulnoz yashash uyida, shaharning "Manguzar" mahallasida yashovchi, A.Doston va Oltinsoy tumanida yashovchi, A.Malikalarga 100.000 (yuz ming) so'm pul evaziga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 29 avgust kuni I.Gulnozga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati