21 Noyabr 2021 yil 995

Termiz shahrida qo'shmachi va uning mijoziga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Termiz shahrida 2021 yil 28 oktabr kuni soat 13:00 larda, shaharning "A.Jomiy" mahallasida yashovchi, S.Salomat (ism shariflar o'zgartirilgan) tanishi Termiz tumanida yashovchi, K.Sofiyaning 18 yoshga to'lmaganligini oldindan bila turib, Termiz shahridada yashovchi, S.Sobir bilan jinsiy aloqa qilishi uchun 20.000 (yigirma ming) so'm evaziga yashash uyida sharoit yaratib berib qo'shmachilik qilganligi aniqlangan. 3 noyabr kuni S.Salomatga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 4-qismi "a" bandi va S.Sobirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech