4 Yanvar 2022 yil
380
Termiz shahrida, qidiruvdagi shaxs qo'lga olindi
Termiz shahrida 2021 yil avgust oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi 168-moddasi 3-qismi va 227-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha Termiz shahar sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, shaharning "Tuproqqo'rg'on" mahallasida yashovchi, Ch.Ergash (ism sharif o'zgartirilgan) 2021 yil 15 dekabr kuni viloyat IIB PPX va JTSB patrul-post xizmati bataloni xodimlari tomonidan, Termiz shahrida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati