14 Fevral 2022 yil 758

Termiz shahrida, o'z xonadonida "zahri qotil"ni saqlayotgan shaxs qo'lga olindi

Termiz shahrida 2022 yil 4 fevral kuni Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, 15 yanvar kuni, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tadbir davomida, shaharning "Tuproqqurg'on" mahallasida yashovchi, B.Xolmatning (ism sharif o'zgartirilgan) yashash uyi ko'zdan kechirilganda yotoqxonasidan, sof og'irligi 1.96 gramm bo'lgan "gashish" giyohvand vositasi, 0.53 gramm bo'lgan "gashish" giyohvandlik vositasi va 0.93 gramm bo'lgan "opiy" giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib ushlangan. 3 fevral kuni B.Xolmatga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech