7 Aprel 2022 yil
441
Termiz shahrida, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yana bir korrupsion jinoyatga chek qo‘yildi
Termiz shahrida 2022 yil 9 mart kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, shaharning “Jayxun” mahallasida yashovchi, X.Jonibek (ism shariflar o‘zgartirilgan) shaharning “Termiz” mahallasida yashovchi, I.Sojidaning ishonchiga kirib, unga shahar Ichki ishlar bo‘limida mavjud bo‘lgan hujjatlarni o‘zining IIB tizimida ishlaydigan tanishlari orqali uning foydasiga hal qilib berishni aytib, evaziga I.Sojidadan Termiz shahri hududida 1.300.000 (bir million uch yuz ming) so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan olganida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 26 mart kuni X.Jonibekka nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati