15 Sentyabr 2021 yil 408

Termiz shahrida giyohfurushlar qo'lga olindi

Termiz shahrida 2021 yil 14 avgust kuni soat 14.00 da, Termiz shahar IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi, Jinoyat qidiruv bo'limi va viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida shaharning "Yulduz" mahallasi hududida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, shaharning "Kokildor ota" mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan, D.Atabek, mijozga sof vazni 2.01 gramm "gashish" giyohvandlik moddasini 600.000 (olti yuz ming) so'mga sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan va tegishli tirtibda hujjatlashtirib olingan. Olib borilgan tergov davomida, D.Atabek ushbu giyohvanlik moddasini 14 avgust kuni shaharning "Yulduz" mahallasi hududida, tanishi, B.Shavkatdan 500.000 (besh yuz ming) so'mga sotib olganligi aniqlangan. 15 avgust kuni D.Atabek va B.Shavkatlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech