10 Fevral 2022 yil 399

Termiz shahrida firibgarlik qilgan ayolga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Termiz shahrida 2022 yil 2 fevral kuni shahar IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, shaharning "Temiryo'lchi" mahallasida yashovchi, R.Sarvinoz (ism shariflar o'zgartirilgan) tanishi Termiz shahrida yashovchi, V.Vohiddan go'sht mahsuloti olib kelib berishni va'da qilib, undan 3.200.000 (uch million ikki yuz ming) so'm pullarini olib, bergan va'dasini bajarmasdan ushbu pullarni o'zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan. 2 fevral kuni R.Sarvinozga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech