23 Dekabr 2021 yil
448
Termiz shahrida er rashk sabab, jinoyatga qo'l urdi
Termiz shahrida 2021 yil 11 dekabr kuni shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, 9 dekabr kuni soat 18:30 larda, shaharning "Turon" mahallasida yashovchi, U.Umar shaharning "Tuproqqo'rg'on" mahallasida joylashgan "Bolajon" istirohat bog'i yonida, shaharning "Sahovat" mahallasida yashovchi, T.Toir boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinasida, birga yashovchi, turmush o'rtog'i, M.Anorani ko'rib qolib, rashk sababli qo'lidagi "kantselariya" pichog'i bilan yuz sohasiga urib, tan jarohati yetkazgan. 11 dekabr kuni U.Umarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "a,g" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati