6 Dekabr 2021 yil
411
Termiz shahrida bezorilik qilib, qo'shnisiga tan jarohati yetkazgan ayolga jinoyat ishi ochildi
Termiz shahrida 2021 yil 8 noyabr kuni, shahar IIB huzaridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, 26 oktyabr kuni soat 10:00 larda, shaharning "Guliston" mahallasida yashovchi, Sh.Shoira (ism shariflar o'zgartirilgan) uyi oldida, jamiyatda yurish turish qoidasini mensimasdan, qo'shnisi D.Diyorani qo'li bilan duch kelgan joyiga urib, tan jarohati yetkazgan. 8 noyabr kuni Sh.Shoiraga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati