2 Noyabr 2021 yil 385

Termiz shahrida bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Termiz shahrida 2021 yil 11 sentabr kuni soat 18.00 larda, shaharning "Kattabog'" mahallasida yashovchi, S.Saodatni (ism shariflar o'zgartirilgan) yashash uyi yonidagi ko'chada, shu mahallada yashovchi R.Rustam jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan qo'li bilan yuziga urib, engil tan jarohati etkazgan. 16 oktabr kuni R.Rustamga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech