19 Noyabr 2021 yil
422
Termiz shahrida bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Termiz shahrida 2021 yil 2 noyabr kuni, shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, 13 sentabr kuni soat 20:20 larda, shaharning "Tinchlik" mahallasi hududida joylashgan "Avtoshox bekati" yonida, Termiz tumani "Xalqobod" mahallasida yashovchi, S.Sirojiddinni (ism shariflar o'zgartirilgan) shaharning "Bog'zor" mahallasida yashovchi, D.Avaz jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, qo'li bilan duch kelgan joyiga urib, tan jarohati yetkazgan. 2 noyabr kuni D.Avazga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati