Termiz shahrida bezorilik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Termiz shahrida 2021 yil 09 sentabr kuni soat 13.00 larda, shaharning "Navro'z" mahallasida yashovchi, D.Doniyor boshqaruvidagi Spark rusumli avtoulovi bilan shaharning "Guliston" mahallasida joylashgan Toshkent davlat pedagogika instituti binosi yaqinida boshqarib borib, u erda notanish bo'lgan kobalt rusumli avtoulovi ichida o'tirgan, shaharning "Pattakesar" mahallasida yashovchi, K.Olimdan avtoulovini chetga olishini so'raganida, ular o'rtasida o'zaro janjal kelib chiqib, K.Olim avtoulovi ichida bo'lgan kichik tig'li jism bilan D.Doniyorga "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati yetkazgan. 9 oktabr kuni K.Olimga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "v" bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati