28 Oktyabr 2021 yil 370

Termiz shahrida bezorilik qilgan angorlik yigitga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Termiz shahrida 2021 yil 20 sentabr kuni soat 11.00 larda, Angor tumani "Navro'z" mahallasida yashovchi, K.Jalol (ism shariflar o'zgartirilgan), shaharning "Navro'z" mahallasida joylashgan milliy taomlar oshxonasi oldida, tanishi Angor tumani "Qorabog'" mahallasida yashovchi, X.Rustamni jamiyatda yurish turish qoidalarini mensimasdan qo'lidagi pichoq bilan orqa ko'krak sohasiga bir marotaba sanchib, tan jarohati etkazgan. 13 oktabr kuni K.Jalolga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech