27 Avgust 2021 yil 556

Termiz shahri 3 sektorida sayyor sud o'tkazildi

Joriy yilning 26 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Termiz shahridagi 3-sektor Madaniyat uyi binosida Jinoyat ishlari bo'yicha Termiz shahar sudi va shahar Probasiya xizmati hamkorlikda sayyor sud tashkil etildi.
O'tkazilgan sayyor sud davomida, 22 ta sud ishi ko'rib chiqilib, shundan 1 nafar nazorat ostida turuvchi shaxs D.Ismoilova cheklov va taqiqlarni buzganligi uchun 3 yil 6 oy 11 kun ozodlikdan cheklash jazosi ozodlikdan mahrum qilishga almashtirildi. Mehnatda halol munosabatda bo'lgan, o'zlarining ijobiy hulq - atvori bilan tuzalish yo'liga o'tgan 21 nafar shaxslarning o'talmay qolgan jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech