3 Avgust 2023 yil 157

Termiz shahar "Shifokor" mahallasida yashovchi muqaddam sudlangan shaxslar ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining tegishli farmoyishiga asosan viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadga qaratilgan tadbirlar Termiz shahri hududida ham o‘tkazilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil 6 oyi davomida Termiz shahar hududida 91 ta jinoyatlar muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ayni kunlarda Davlat rahbarining topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz shahri hududidagi 37 ta mahallalarda Ichki ishlar organlari xodimlari xonadonma xonadon yurib, “xonadonbay” jinoyatchilik va ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rishmoqda.

Maqsad jinoyatchilikdan holi hududni va jamiyatni shakllantirishga qaratilgan.

Text to speech