29 Mart 2023 yil 229

Termiz shahar IIBda jinoyatchilik muhokamasi o‘tkazildi

Joriy yilning 25 mart kuni Termiz shahrida uch nafar voyaga yetmagan shaxslar tomonidan avtomashina olib qochish holati sodir etilgan. Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida mazkur jinoyatni sodir etgan, voyaga yetmagan o‘smir yoshlarning ikki nafari gumonlanuvchi sifatida ushlanib, qamoqqa olingan.

Bugun Termiz shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida mazkur jinoyat mas’ullar, jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari ishtirokida muhokama qilindi. Jinoyatning sodir etilishi sabablari, unga yo‘l ochib bergan omillar, mas’ullar va yaqin qarindoshlarning harakat yoki harakatsizligi tahlil qilinib, bolalar tarbiyasida ota-onaning, ayniqsa otaning, oila a’zolari bo‘lgan erkak kishilarning roli muhimligi ta’kidlandi. Bu kabi jinoyatlarning kelgusida qayta sodir etilishini oldini olish maqsadida tegishli profilaktik chora-tadbirlar belgilanib, holatning sodir bo‘lishiga sharoit yaratib bergan mas’ullar va yaqin qarindoshlarga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, muhokama yig‘ilishida Termiz shahridagi kriminogen vaziyat ham tahlil qilindi. Joriy yilning 2 oyi davomida Termiz shahar hududida jami 137 ta jinoyat sodir etilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 taga yoki 21,2 foizga oshgan.

Viloyat hokimi, Ichki ishlar borshqarmasi boshlig‘i va boshqa mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan muhokama jarayonida sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Termiz shahar mutasaddilari, Ichki ishlargan organlari rahbarlari hamda mahalla mas’ullari va profilaktika inspektorlarining hisoboti eshitildi.

Jinoyatlarning sabablari, kelib chiqish omillari tahlil qilindi. Muhokamada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida sektor rahbarlari, mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori va boshqa hamkor idoralar mas’ullari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda shahar hududida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi, ayniqsa oila turmush doirasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazish va qotillik kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, kelgusida “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizimi, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida keng qamrovli profilaktik tadbirlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech