Termiz shahar IIBda sektor rahbarlari va mas’ullar ishtirokida shahar hududida yashayotgan ota-onasi qaramog‘idan maxrum bo‘lib vasiylik va homiylikka olingan voyaga yetmaganlarning muammolari o‘rganildi.
Xabaringiz bor Joriy yilning 28 iyul kuni Farg‘ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida Prezdentimiz Shavkat Mirziyoev ishtirok etib huquq-tartibot sohasidagi ishlarni tahlil qilib kelgusidagi vazifalarni belgilab bergan edilar. Shunga asosan Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan kompleks dasturga asosan Termiz shahar namunasi sifatida ishlar tashkil qilindi, 2023 yil 3 avgust kuni Termiz shaxar Ichki ishlar boshqarmasining ma’muriy binosining ma’rifat zalida Termiz shahar sektor rahbarlari va ma’sul rahbarlar ishtirokida, Termiz shahar hududida yashayotgan ota-onasi qaramog‘idan maxrum bo‘lib vasiylik va homiylikga olingan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat muxokama etildi. Shuningdek jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish buyicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Ota-onalar tomonidan tushgan murojaatlar tinglanib ijrosi nazoratga olindi. Yig‘ilishga 33 nafar voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari, 63 nafar fuqarolar ishtirok etdi. Termiz shahar sektor rahbarlari tomonidan kelgusida shahar hududida ota-onasi qaramog‘idan maxrum bo‘lgan voyaga yetmaganlar ishtirokidagi jinoyatlarining olidini olish bo‘yicha aloxida topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda tushgan murojaatlarning 1 tasi joyida ijobiy hal qilindi.
E’tiborlisi mana shu maqsad mudaoga yunaltirilgan tashabbuslar ko‘lami kengayib bormoqda.