15 Sentyabr 2022 yil 369

Termiz shahar IIBda “Yangi O‘zbekistonda el aziz inson aziz” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida e’lon qilingan Kasbiy tayyorgarlik oyligi doirasida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonda el aziz inson aziz” shiori ostida poytaxtimizdan tashrif buyurgan taniqli olim va shoirlar, san’atkorlar, teatr va kino arboblari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shuxrat Voxidov, O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasi xonandasi Xilola Xo‘jaeva, O‘zbekkonssert birlashmasi xonandasi Shaxlo Allanazarova, IIV Ma’naviyat va ma’rifat xizmati katta inspektori iste’fodagi polkovnik shoir Zikrullo Ne’matovlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik U.M.Jo‘raev ochib berib, tadbir ishtirokchilariga mehmonlarni tanishtirib o‘tdi.

IIV Ma’naviyat va ma’rifat xizmati katta inspektori iste’fodagi polkovnik shoir Zikrullo Ne’matov tadbir ishtirokchilariga ma’naviyat haqida o‘zining keng qamrovli tushunchalari o‘zi yozgan sherlaridan o‘qib eshittirib, chop etilgan she’riy to‘plamlari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shuxrat Voxidov, yig‘iliganlarga o‘zing boy hayotiy tajribasini ulashib, bugungi kunda Ichki ishlar organlari xodimlari yuksak ma’naviyat egasi ekanliklarini, sohada ma’naviyatga, madaniyat sohasiga qaratilayotgan e’tibordan boshi osmonga yetganini ta’kidlab, tadbir ishtirokchilariga o‘zining diltortar navolari bilan xush kayfiyat ulashdi.

Mazkur tadbirlardan asosiy ko‘zlangan maqsad Ichki ishlar organlari xodimlarning ma’naviyatini yanada yuksaltirish hamda yuksak fazilatli qilib tarbiyalashdan iboratdir.

Kasbiy tayyorgarlik oyligi doirasida bir qator tadbirlar jumladan  “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Text to speech