26 Iyul 2022 yil 2215

Termiz shahar IIBda yangi tayinlov amalga oshirildi

Bugun, 26 iyul kuni Termiz shahar IIBda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan tayinlov amalga oshirildi.

Podpolkovnik Nurullaev Elbek Abduqodirovich Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Elbek Nurullaev Denov tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Abduvoxid Ismoilov, shahar hokimi Isroil Xudoyberdiev, sektor rahbarlari, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, Termiz shahar IIB xodimlari ishtirok etishdi. Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan, Termiz shahrida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish choralarini kuchaytirish va bu borada keng jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Text to speech