Termiz shahar IIB xodimlari bayramni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlashdi
Fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligi, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida xizmat olib borayotgan Ichki ishlar xodimlari bugun kasb bayramini munosib nishonlamoqdalar. 25-oktabr – Ichki ishlar xodimlari kuni munosabati bilan Termiz shahar IIB da ham bayram tantanalari o‘zgacha shukuhda o‘tkazildi.
Tadbirda osuda hayotimiz kafolatlari bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari e’tirof etildi. Sohadagi islohotlar natijasida erishilayotgan yutuqlar tilga olindi.
Albatta, jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashda xizmat vazifasini sidqidildan bajarib kelayotgan Ichki ishlar xodimlari doimo ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanib kelinayotgani ta’kidlandi. Misol uchun, ichki ishlar organlarida samarali mehnatlari inobatga olinib, bir nafar xodim davlat mukofoti bilan va 50 dan ortiq soha xodimlari esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bugungi bayram tadbirida ham Termiz shahar IIB da xizmat qilib kelayotgan xodimlar Termiz shahar hokimligi va IIB tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati