2 Avgust 2023 yil 174

Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Intizom oyligi” doirasida muhokama yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 20 yanvardagi PQ–10-son qarori ijrosini ta’minlash hamda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xodimlarni yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega, ma’nan yetuk, bilimli, halol, vatanparvar, mard va jasur etib tarbiyalash, faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish, ona Vatan taqdiriga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish hamda g‘oyaviy va turli axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini sadoqat va fidoyilik bilan vijdonan bajarishga yo‘naltirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida joriy yilning 25 iyul kunidan 25 avgust kuniga qadar “Intizom oyligi” o‘tkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun ya’ni Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Intizom oyligi” doirasida xizmat intizomiga rioya qilish, korrupsiya va ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, xizmat davomida fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish borasida muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev ishtirok etib joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida Termiz shahar IIB xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikda yo‘l qo‘ygan xato kamchilliklari, erishilgan yutuqlari haqida so‘z yuritib, xizmat faoliyati davomida xato va kamchilliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarning faoliyati tanqid qilinib, so‘nggi bor ogohlantirildi.

Shuningdek, xodimlarga “Intizom oyligi” doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech