30 Aprel 2022 yil
409
Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tarixiy muzeylarga sayohat qilishdi
Joriy yilning 2 aprel kunidan 2 may kuniga qadar Respublikamiz bo‘ylab, barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi” o‘tkazilayotganligi munosabati bilan hamda viloyati IIB boshlig‘ining 2022 yil 1 apreldagi Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, Termiz tumani hududida joylashgan Al Hakim At Termiziy muzeyi hamda Termiz shahridagi “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasida bo‘lishdi.
Tizim xodimlari Termiz tumani hududida joylashgan Al-Hakim At-Termiziy ziyoratgohi hududi zaminida mangu qo‘nim topgan avliyolar hayoti va jahon ilm ma’rifat sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissalari hamda Al-Hakim At-Termiziy muzeyidagi tarixiy obidalar bilan yaqindan tanishib, ma’naviy va ma’rifiy ozuqaga ega bo‘lish asnosida bu borada o‘zlarining bilimlarini yanada oshirishdi.
Shuningdek, Termiz shahridagi “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasida mavjud eksponatlar bilan ham yaqindan tanishib, madaniy hordiq olishdi.