Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi binosida faxriylar kutubxonasi ochildi
Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan “Intizom oyligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2023-yil 11-avgust kuni Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi binosida yangi tashkil etilgan “Kutubxona”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxodaryo viloyat Termiz shahar bo‘limi bilan hamkorlikda “Kitob ilm chirog’i" nomi ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiyev, viloyat faxriylar kengashi raisi va a’zolari, Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o’rinbosari podpolkovnik M.P.Bozorov hamda Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasining xodimlari ishtirok etdi.
Bugungi kunda ushbu ziyo maskanida 840 dan ortiq o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara kitoblari joy olgan bo‘lib, har bir xodim o‘z xizmat vazifasi bilan birgalikda kitoblar mutoaala qilishga mehr qo‘yishlari bilan o‘zlarining dunyoqarashlarini yanada boyitishga xizmat qiladi