29 Fevral 2024 yil 664

Termiz muxandislik-texnologiyalari institutida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi bilan hamkorlikda talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Joriy yilning 28 fevral kuni Surxondaryo viloyati IIB, O‘zbekiston Yoshlar ittifoki Surxondaryo viloyati kengashi bilan hamkorlikda Termiz muxandislik-texnologiyalari institutida tahsil olayotgan Qalqon guruhi hamda talaba yoshlar ishtirokida, Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida turli xil yod g‘oyalarning ta’siriga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etilib, soha mutaxassislari tomonidan yig‘ilganlarga tushunchalar berildi.

Yig‘ilish davomida viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kdrlar bilan ta’minlash xizmati Yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori leytenant Oripov Rasul Rashid o‘g‘li hamda viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan yig‘ilganlarga Davlatimiz rahbari tomonidan hozirgi kunda yoshlar uchun barcha jabhalarda yaratilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, ushbu yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanishlari, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali mehnatlar bilan shug‘ullanishlari hususida fikr mulohazalar bildirildi.

Tadbir so‘ngida yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirishga hamda o‘qishi davomida o‘zining zukkoligi, bilimdonligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh talaba yoshlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va viloyat IIBning tashakkurnomalari topshirilib, ularning kelajakdagi o‘qish va ishlariga omadlar tilashdi.

Text to speech