24 May 2024 yil
586
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish muhim vazifa” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda
Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Shukurov, Termiz shahar
davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sunnatillo Muxammadiev hamda Surxondaryo viloyati
hokimi maslahatchisi Faxriddin Shaymardanovlar ishtirok etishdi.
Tadbirlarda
yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning
bo‘sh vaqtlarini kasb-hunar sirlarini o‘rganish bilan band etish, o‘zlari
qiziqqan sohadagi bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish va shu orqali turli ko‘ngilsizliklarni
oldini olish kabi masalalar xususida so‘z bordi.
Davra suhbati yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollarga
atroflicha javoblar berildi.