24 Sentyabr 2025 yil 196

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Talabalar xavfsizligi” oyligi doirasida qator profilaktik tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda.

Xususan, talabalarning tungi vaqtda sababsiz ko‘chalarda yurishining oldini olish, ularning xatti-harakatlarini nazorat qilish maqsadida universitet mas’ul xodimlari, profilaktika inspektori, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i hamda “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan muntazam reyd va tashriflar amalga oshirilmoqda.

"Bog‘ishamol" mahallasida ijara uylarida istiqomat qilayotgan talabalar xonadonlariga borilib, ularning yashash sharoiti, o‘qishlari uchun yaratilgan imkoniyat va qulayliklar o‘rganildi. Shuningdek, talabalar tomonidan bildirilgan muammolarni hal etish masalalarida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Text to speech