Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Talabalar xavfsizligi” oyligi o‘tkazilmoqda
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Talabalar xavfsizligi” oyligi doirasida yoshlarning huquqbuzarlik va turli noxush holatlarga aralashishining oldini olish maqsadida qator profilaktik tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
Tungi reyd tadbirida universitet mas’ul xodimlari, profilaktika
inspektori, shahar prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi vakillari va
“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari faol ishtirok etdi.
Reyd davomida tungi vaqtda bemaqsad yurgan talabalar bilan profilaktik
suhbatlar o‘tkazilib, ularning har biriga huquqiy tartib-intizomga rioya qilish
zarurligi tushuntirildi. Huquqbuzarlik sodir etgan ayrim talabalar esa ichki
ishlar bo‘limiga hujjatlar rasmiylashtirish uchun olib borildi.
“Talabalar xavfsizligi” oyligi doirasidagi bu kabi chora-tadbirlar yoshlarni mas’uliyatli fuqarolar sifatida tarbiyalash va sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga xizmat qilmoqda.