Termiz iqtisodiyot va servis universitetida, kiber jinoyatlarga qarshi kurashish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025 yil 30-apreldagi PQ-153-son qarori ijrosini ta’minlash, aholini kibermakondagi tahdidlardan himoya qilish, ularni kiberjinoyatlarning oqibatlaridan ogohlantirishga qartilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada samarali olib borish maqsadida kompleks profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Huddi shunday targ‘ibot tadbirlaridan biri bugun Termiz iqtisodiyot va servis
universitetida Termiz shahar prokuraturasi hamda Surxondaryo viloyati ichki ishlar
boshqarmasi hamkorligida “Xavfsiz kiber makon” mavzusida o‘tkazildi.
Ushbu tadbir davomida, dastlab Termiz shahar prokurori o‘rinbosari Komil
Hazratqulov so‘zga chiqib yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan turli huquqbuzarlik
holatlari va jinoyatchiliklar to‘g‘risida ma’ruza qildi. Bugungi kunda, viloyatimiz
hududida sodir etilayotgan jami jinoyatlar orasida internet makonidagi hamda kompyuter
texnologiyalari sohasi bilan bog‘liq jinoyatlar nisbati keskin oshib borayotganligi
ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga
qarshi kurashish boshqarmasi xodimi tomonidan kiber jinoyat turlari, ularning turli
ko‘rinishgi sodir etilishi hamda oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilib,
uchrashuv ishtirokchilarini ogohlikka chaqirdi.
Tadbirda ishtirok etayotgan talabalar hamda professor-o‘qituvchilarga videolavhalar
namoyish etildi. viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi
kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tarqatma materiallar ulashildi.
Uchrashuv davomida, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar
olishdi.
Tadbir so‘ngida fakultet dekani Bekzod Babamuratov hamda universitet profilaktika inspektori Sherzod Allayarovlar so‘z olib, ushbu jinoyatlarning oldini olish uchun talabalardan ogoh bo‘lishlari qolaversa tadbir davomida olgan ma’lumotlarini tengdoshlariga faol targ‘ibot qilishlariga chorlab o‘tishdi.