Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Qo‘shma-Qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
hamda Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi tomonidan
2025 yil 8 mart kuni imzolangan Qo‘shma Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz
iqtisodiyot va servis universitetida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shadiev hamda universitet rektori Abdusamad Sattarovlar
ishtirokida talaba yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilganlarga ikki vazirlik o‘rtasida imzolangan Qo‘shma Qaror hamda uning
maqsad va vazifalari to‘liqligicha tanishtirildi. Shuningdek, kelgusida hamkorlikda
amalga oshirilishi belgilab berilgan vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.
Tadbirda yoshlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning sabablariga
e’tibor qaratilib, ularni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishib, ichki ishlar organlariga
xizmatga kirish talablari, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish usullari hamda
qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bundan tashqari haftaning har payshanba kuni “Talabalar xavfsizligi” kuni deb e’lon qilinib, profilaktik uchrashuvlar targ‘ibot va tashviqot ishlari yanada kuchaytirilishi to‘g‘risida ta’kidlanib, hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar belgilab olindi.