2 Mart 2024 yil 708

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida "Sog‘lom hayot" maxsus profilaktikasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2 mart kuni Termiz iqtisodiyot va servis universitetida "Sog‘lom hayot" profilaktikasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda IIV Tezkor- qidiruv departamenti Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi Axloq va sog‘liqqa qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor xodimi, podpolkovnik Jamshid Sherov hamda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bobomurod Safarovlar tomonidan OITS va OIV Infeksiyasi  to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Kasallik profilaktikasi va unga qarshi kurashish tadbirlarini rejalashtirish hamda amalga oshirishda uning yuqish omillarini aniqlash muhim hisoblanadi. So‘nggi yillarda butun dunyoda OITSning jinsiy yo‘l bilan yuqish darajasi ortib bormoqda. Mamlakatimizda OITSga qarshi kurash tizimi tomonidan oxirgi yillarda barcha yo‘nalishlarida sezilarli natijalarga erishilmoqda. OIV aniqlangan shaxslarni davolashning dunyoda tan olingan usuli — retrovirusga qarshi davolash usuli bo‘lib, yurtimizda bemorlarning katta qismi ushbu davolash usuli bilan qamrab olingan.

Tadbir davomida, mutaxassislar tomonidan ushbu kasalliklarning yomon oqibatlarga olib kelishi, ushbu kasalliklarni o‘z vaqtida oldini olish, bu borada yetarli darajada ma’lumotga ega bo‘lishmagan taqdirda viloyat markazlariga murojaat etish va u yerda anonim tarzda test tahlili o‘tkazilishi mumkinligi haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Text to speech