Termiz davlat universitetida, "Xotin-qizlarga tegajog'lik qilish, tazyiq va zo'ravonlik qilish, huquqlarini boshqacha tarzda poymol qilishning oldini olish" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bugun jamiyatda ayollar mavqeini yuksaltirish, gender tenglikni ta'minlash borasida mamlakatimizda ustuvor vazifalar belgilanib, keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Termiz davlat universitetida 25-noyabr "Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kurash kuni" munosabati bilan "Xotin-qizlarga tegajog'lik qilish, tazyiq va zo'ravonlik qilish, huquqlarini boshqacha tarzda poymol qilishning oldini olish" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi, mayor X.Allaev, kapitan Sh.Narzullaev, Surxondaryo viloyati IIB huquqbuzarlik profilaktikasi katta inspektori mayor M.Qurbonova, psixologiya fanlari nomzodi, dosent X.Sharafitdinova, xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi D.Xamzaeva, ayol professor-o'qituvchilar va xodimlar, tyutorlar, talaba qizlar qatnashdilar.