19 Iyul 2022 yil 382

Termiz Davlat Universitetida viloyat 3 sektor rahbari va mahalla raislari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

Joriy yil may oyida Respublikamiz bo‘yicha yangi saylangan 9349 ta mahalla raislarining mamlakatimizda mahalla institutini rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini shakllantirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, aholning muammoalarini mahallada hal etishdagi ustuvor vazifalariga qaratilgan o‘quv-seminar dasturi va tashkiliy tadbirlar ishlab chiqilgan.

Shu asosda, bugun Termiz Davlat Universiteti binosida viloyat hududida Yangi saylangan mahalla raislari bilan tashkil etilgan o‘quv seminarida, Surxondaryo viloyati 3-sektor rahbari viloyat Ichki Ishlar Boshqarmasi boshlig‘i A.Ismoilov, Respublika Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i J.Mo‘minov hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i F.Toirovlar ishtirok etishib, mahalla raislari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

O‘tkazilgan uchrashuvning asosiy maqsadi esa mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish va mahallarda fuqarolar murojaati bilan ishlashda yaxlit tizimni yo‘lga qo‘yish, mahalla tizimining tashkiliy-huquqiy asoslari, mahalla raislarining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, mahalladagi 5 talik (hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori) bilan yakdillikda hamda hokimlar, sektor rahbarlari, mahalla Kengashi va davlat organlari bilan hamkorligiga doir tashkiliy va amaliy masalalar bo‘yicha batafsil tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek uchinchi sektor va mahalla hamkorligining yangi bosqichida, mahalla raislarining ish faoliyatida ularni qiynayotgan muammolar muhokama etildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha maslaxat va tavsiyalar ham berildi.

Ushbu o‘quv seminar dasturi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, mavzular interfaol, seminar-trening, amaliy mashg‘ulot va davra suhbatlari shaklida olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech