15 Iyul 2022 yil
348
Termiz Davlat universitetida, “O‘zbekistonda gender tengligi va gender masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Kuni kecha Termiz davlat universitetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi D.Hamzaeva hamda universitet profilaktika-inspektori kapitan D.Allanazarova tomonidan mahalla raislari uchun “O‘zbekistonda gender tengligi va gender masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, gender zo‘ravonlik va oilaviy zo‘ravonlik tushunchalari, oilaviy zo‘ravonlik va oilaviy nizoning rivojlanishi kabi mavzularda fikrlar bildirib o‘tildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati